O‘zbekistonda Quruvchilar kuniga bag‘ishlangan onlayn festival

Qadrli do‘stlar!

Quruvchilar kuniga bag‘ishlangan KNAUF ONLINE FEST 2020 onlayn festivaliga xush kelibsiz! An’anaga ko‘ra, bayram tadbirlari butun hafta – 10- avgustdan 16- avgustgacha davom etadi va onlayn formatda o‘tkaziladi. Festival dasturida siz o‘zingiz uchun ko‘plab qiziqarli tanlovlar va tadbirlarni topasiz.

Ularda uydan chiqmay, bevosita mana shu saytning o‘zida qatnashish mumkin. Barchaga omad va bayramona kayfiyat tilaymiz!

#yordambering

#yordambering

#qatnashing

#qatnashing

#toping

#toping

#raqsgatushing

#raqsgatushing

#ko‘ring

#ko‘ring

#o‘zingizniko‘rsating

#o‘zingizniko‘rsating

Onlayn konsert

KNAUF ONLINE FEST 2020 festivalining kulminatsiyasi mahalliy estrada yulduzlarining konserti bo‘ladi, u 16 avgustda Knauf Online Fest YouTube-kanalida o‘tadi. Sizlarni sevimli artistlaringiz chiqishlari, shuningdek o‘yinlar va tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi kutadi.

Siz uchun quyidagi san’atkorlar chiqadilar: DJ Pilligrim, Setora Guruhi, Dj Petishka, DJ BACCARDI

 

Kun
Soat
Daqiqa
Soniya

#KNAUFbilanyordamber

KNAUF kompaniyasi va Ezgu Amal fondining qo‘shma xayriya aksiyasida qatnashing.

Nima qilish kerak?
  1. knauf.uz Instagram-akkauntiga kiring (ҳавола);
  2. “Dolzarb” bo‘limida “Niqob”ni toping;
  3. Niqob bilan videoga tushing;
  4. Videoni storisga #KNAUFbilanyordamber xeshtegi bilan joylang va knauf.uz profilini belgilang;
  5.  
Tanlov shartlari

Faqat jonli, tanlov uchungina tuzilmagan, ochiq akkauntlar hisobga oladi.

 

Instagramda aksiya shartlariga rioya etilgan holda chop etilgan har bir storis uchun KNAUF kompaniyasi Ezgu Amal xayriya fondiga 5 000 so‘mdan o‘tkazadi. To‘plangan mablag‘ onkologik kasallarga, kam ta’minlangan oilalarga, alohida etiyoji bor odamlarga va yolg‘iz ota-onalarga yordam sifatida beriladi.

 

Niqobli storis suratga oling va u haqda do‘stlarga so‘zlab bering. Xayriya aksiyasiga qancha ko‘p odam qo‘shilsa, shuncha ko‘p pul to‘play olamiz!

 

Tanlovda  jonli, ochiq akkauntlardan joylangan 10 avgustdan 15 avgustgacha videolar qatnashadi.

#KNAUFbilanko‘makber

#KNAUFbilanishtiroketing

16-avgustda sizga to’rtta onlayn master-klasslarni taqdim etamiz!
Qatnashing, yangi bilim, ko’nikmalarni oling, oila va do’stlar bilan dam oling!

Kun
Soat
Daqiqa
Soniya

#KNAUFbilanraqsgatush raqs tanlovi

Raqs! Raqs! Junbushga soluvchi musiqa ostida raqs! Sizlarga butun haftaga yetadigan pozitiv kayfiyat va tetiklik hadya etamiz. Festivalning eng jo‘shqin tanlovida qatnashing, sovrin va sovg‘alarni yuting! Qanday qilib? Oson!

Nima qilish kerak?
  1. TikTokka, knauffest.online akkauntiga kiring;
  2. Tanlov trekini va unga raqs harakatlarini toping;
  3. O‘z raqsingizni videoga oling (tanlov treki va tanlov harakatlari bilan);
  4. TikTokka #KNAUFbilanraqsgatush xeshtegi bilan yuklang va knauffest.online profilini belgilang.
Tanlov shartlari

Tanlovda  jonli, ochiq akkauntlardan joylangan 10 avgustdan 15 avgustgacha videolar qatnashadi.

 

Uchta g‘olib tasodifiy tarzda, 16 avgustdagi bayram onlayn konserti davomida aniqlanadi. KNAUFdan qimmatli sovg‘alar va sovrinlar sizni kutmoqda!

Device Slider

#KNAUFbilanraqsgatush

#KNAUFbilantop radioviktorinasi

KNAUF ONLINE FEST festivali butun O‘zbekiston aholisini radioviktorinada qatnashishga taklif etadi! Viktorina qachon sizning viloyatingizda o‘tishini bilib oling, unda ishtirok eting, radioboshlovchilar savollariga javob bering va KNAUFdan qimmatbaho sovrinlar va sovg‘alarni yutib oling.

#KANUFbilanAQLJANGI aql jangi

Bepul onlayn aql jangida qatnashing. Sizlarni qiziqarli savollar, xarizmatik boshlovchi, hissiyotlar ummoni va butun O‘zbekistondan yig‘ilgan jamoalar bilan kurashish imkoniyati kutmoqda!

Aql jangi – nima u?

Aql jangi – bu qiziqarli viktorina bo‘lib, unda zerikarli savollarni uchratmaysiz. Butun oilangiz bilan o‘ynang yoki do‘stlaringizni onlayn kurashga chorlang!


Qatnashish uchun YouTubega kirish kifoya. O‘yinga ro‘yxatdan o‘tish @mzgb_tash Instagram-akkauntida alohida post o‘laroq ochiladi.

 

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan uchta jamoa KNAUFdan yoqimli sovg‘alar oladilar.

 

Qatnashish uchun nima qilish kerak

Для участия понадобится только доступ к YouTube. Регистрация на игру будет открыта отдельным постом в Instagram-аккаунте @mzgb_tash.

Три команды, показавшие лучшие результаты, получат приятные призы от КНАУФ.

 

#KNAUFbilano‘zingniko‘rsat

O‘zingizni poytaxtning haqiqiy yulduzi deb his qiling! Sizning fotosuratingiz Toshkentning markaziy joylaridagi LED-ekranlarda chiqariladi. Shuningdek, fototanlov ishtirokchilari KNAUFdan sovrinlar va sovg‘alar yutib olishlari mumkin bo‘ladi.

Nima qilish kerak?
  1. Har qanday qurilish va/yoki ta’mirlash timsoli bilan birga suratga tushing;
  2. 10- avgustdan 15- avgustgacha fotosuratni Facebookka, #KNAUFbilano‘zingniko‘rsat xeshtegi bilan joylang va KNAUF sahifasini belgilang (ccыlka);
Tanlov shartlari

16- avgustdagi bayram onlayn konsertiga ulaning – uning davomida biz 3 nafar g‘olibni e’lon qilamiz. G‘oliblar tasodifiy ravishda tanlanadi va KNAUFdan qimmatbaho sovrinlar va sovg‘alarga ega bo‘ladilar.

Tanlovda faqat jonli, ochiq, shaxsiy akkauntlar qatnashadi. Eng yaxshi fotosuratlar Toshkent LED-ekranlariga qo‘yiladi.

Device Slider

#KNAUFbilanquramiz videosi

Biz – quruvchilarmiz

Har bir inson bolaligidan qurishni boshlaydi. Avval u atrof olam bilan munosabatlarni quradi, uning qonunlari va qoidalarini taniydi, asta-sekin tajriba va malaka orttiradi, o‘z makoni sarhadlarini kengaytiradi, bunyodkorlik va ijodkorlik quvonchini his qiladi.

Farzandlarimiz nimalar qilayotganlarini bir ko‘ring? Ular mehnat bilan band: uy quradilar, keyin uni obod qiladilar, ota-onalari suratlarini chizadilar, ya’ni o‘zlarining mitti borliqlaridagi eng qadrlilarini aks ettiradilar.

Mehnat orqali sayyoramizdagi eng go‘zal narsalar, qulay hayot uchun zarur barcha ashyolar yaratiladi. Bugun millionlab hamyurtlarimiz quruvchi degan sharafli nomni faxr bilan ko‘tarib yurmoqdalar, to‘plagan tajribalarini farzandlariga yetkazmoqdalar. Hazrati ustalarning butun boshli sulolalari bizga o‘zimizning shinam uyimizga ega bo‘lish imkonini hadya etmoqda.

KNAUF ONLINE FEST 2020 festivalimiz – bu qurilishga aloqador bo‘lgan, zavqu shavq bilan ishlovchi va odamlarga quvonch ulashuvchi har kimning xizmati va qobiliyatining e’tirofidir. Keling, o‘zi va oilasi haqida faxr bilan “Biz – quruvchilarmiz” deydiganlarga, barchamiz birgalikda, har kim o‘z uyida, minnatdorchilik so‘zlarini aytaylik, salomatlik, kuch-quvvat va omad tilaylik!

Infopartner